MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Авторы

  • Nurzoda Tosheva BuxDUPI

Аннотация

Maktabgacha ta’lim turi O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich bo‘g‘ini
hisoblanib, bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlash nuqtai
nazaridan shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Maktabgacha ta’limda bola 6-7
yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya muassasalarida hamda
oilalarda amalga oshirilishi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilandi. Bu
tizimni rivojlantirish shartlaridan biri “zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar,
texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish”dir
. Tabiiy holda savol tug‘iladi: bu didaktik majmualar bog‘cha bolalari hayotida
qanday rol o‘ynaydi? Nima uchun bugun tarbiya jarayonining og‘zaki metodlaridan
ko‘proq amaliy metodlariga murojaat qilinmoqda? Bu savollarga maktabgacha
ta’lim muassasalarining bosh maqsadi javob beradi: bolani maktabga tayyorlash,
uning ruhiyatida o‘qishga bo‘lgan havasni, qiziqishni uyg‘otish va rivojlantirishdir.

Загрузки

Опубликован

2022-07-01

Выпуск

Раздел

Статьи